Maktab tarixi

Oyoqdo’rman qishlog’idagi 7-son umumta’lim maktabi 1974-yil 5-yanvardan boshlab qurilish ishlari boshlab yuborildi. Maktab 1975-yil 7-yanvarda ishga tushurilgan. 1975-1977 yilgacha Madrim Ro’zmetov maktabda faoliyat olib bordi.   Madrim Ro’zmetovning davrida maktab o’qitish ishlari faol darajada olib borilgan. Shuningdek Yangiboy Matniyazovning  davrida maktabning “Quvnoq startlar” guruhi  Toshkentda respublika birinchiligini  olib Litviya Respubllikasida g’olib bo’lib kelishgan. 7-sonli maktabimiz boshqa  maktablarning  paydo bo’lishida baza vazifasini bajaradi. Maktabimiz  o’quvchilaridan har yili 10 nafarga yaqin o’quvchilar o’qishga kirishga muvaffaq bo’lmoqdalar. Hozirgi kunda maktabda  Miskinov Rustam Tuliyevich direktorlik qilib kelmoqda.